1 2 3 4 5 6 7 8

Viloyatning agrar sohaga ixtisoslashuvi uning mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini mintaqaviy tashkil etishdagi o‘rni va ahamiyatini belgilab beradi. Viloyat iqtisodiyotida paxtachilik, g‘allachilik hamda xom ashyoni birlamchi qayta ishlash sanoati muhim o‘rin egallaydi. Ishchi kuchining aksariyat qismi mazkur tarmoqlarda ish bilan band bo‘lib, asosiy ishlab chiqarish fondlarining katta qismi ham xuddi shu tarmoqlarga jalb etilgan. Viloyat paxta xom ashyosi va don yetishtirish bo‘yicha respublikada birinchi o‘rinni egalaydi.

Keyingi yillarda viloyatda iqtisodiy salohiyatning o‘sishiga olib kelgan tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Mamlakat iqtisodiyoti tarkibida viloyat salmog‘i oshdi. Yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) 2000-2010 yillarda o‘rtacha o‘sish sur’ati 7,1% ni, umuman un yildagi hajmi 1,5 martani tashkil qilib, respublika ko‘rsatkichidan 1,4 marta yuqori bo‘lgan. Biroq, erishilgan ijobiy natijalarga qaramasdan, iqtisodiyotning shakllangan tarkibi mavjud resurs salohiyati va mehnat bozori bilan iqtisodiyotning real sektori hamda ijtimoiy sohaning rivojlanishi o‘zaro muvofiqlashmagan

.

Iqtisodiy rivojlanish darajasi (YaHM) bo‘yicha viloyat O‘zbekistonda 3-o‘rinda bo‘lib, nisbatan rivojlangan mintaqalar guruhiga kiradi. Jumladan, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsuloti bo‘yicha 3-o‘rinda, eksport bo‘yicha 6-o‘rinda, ijtimoiy soha bo‘yicha esa 11-o‘rinda turadi.

Viloyat tumanlari iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha katta tabaqalanishga ega. 2010 yil natijalari bo‘yicha amalga oshirilgan iqtisodiy guruhlashga ko‘ra, rivojlangan guruhga bor-yo‘g‘i – Mirishkor va Nishon tumanlari, nisbatan rivojlangan guruhga Muborak, Koson, Yakkabog‘, Kasbi, Shahrisabz, kam rivojlangan guruhga Kitob, G‘uzor, Qarshi, Qamashi, Chiroqchi va Dehqonobod tuman kirdi. Viloyat agrosanoat majmuasida olib borilgan tarkibiy o‘zgarishlar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining barqaror rivojlanishiga yetarli ta’sir ko‘rsatmayapti.

Viloyatning tabiiy-resurs salohiyati, yuqori bo‘lib, neft va gaz zahiralaridan tashqari, uning hududida volfram, mis, qo‘rg‘oshin, rux, alyuminiy xom ashyosi, surma, simob, oltin konlari hamda kaliy tuzi, marmar, keramzit, bentonit kabi foydali qazilmalar mavjudligi aniqlangan. Ayniqsa, Dehqonobod, Mirishkor, Kitob va G‘uzor tumanlarida mineral xom ashyo resurslari salohiyati yuqoridir. Shuning uchun ham kelajakda viloyat va uning tumanlarining tabiiy-resurs salohiyatidan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va samarali ixtisoslashuvni keng yo‘lga qo‘ygan holda asosiy e’tibor raqobat ustuvorligiga qaratilmog‘i tadqiqotda asoslab berilgan (3- jadval).

Qashqadaryo viloyati aholi sonining nisbatan tez sur’atlarda ko‘payishi, uning 75,3% i qishloq joylarida yashashi bilan ajralib turadi. Aholisining 52,8 % ni mehnat resurslari tashkil qiladi. Bu yerda aholining tabiiy ko‘payish sur’ati o‘tgan yillarga qaraganda kamayish tendensiyasiga ega bo‘lsa-da (2000 yilga nisbatan 1,4 marta kamaygan), mehnatga layoqatli aholi soni keskin oshib bormoqda (2000 yilga nisbatan 27,6% ga ko‘paygan). Bu esa mehnat bozorida yangi ish o‘rinlariga talabning taklifga nisbatan tez sur’atlarda oshishiga olib kelmoqda. Viloyatda 2010 yilda ish bilan bandlik darajasi 2000 yilga qaraganda 17,2% ga o‘sib, shu davrdagi mehnat resurslarining o‘sish darajasi 44,4 % ni tashkil qilgan. Bu kelajakda aholini yangi ish joylari bilan ta’minlash eng ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolishini ko‘rsatadi. Ish bilan ta’minlanish darajasi tumanlar o‘rtasida keskin farq qiladi. Mehnatga layoqatli aholining katta qismi qishloq xo‘jaligida band. Qishloq xo‘jaligida band aholining aksariyati mavsumiy ish bilan mashg‘ul. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bo‘lmagan davrda ularning faqat 6,0 foizigina ish bilan band bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida bandlar soni bevosita zarur ishchi kuchidan 30 ming kishiga ortiq. Aholi aksariyat qismining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida band bo‘lishi ular daromadi pastligining asosiy sababi bo‘lmoqda. Bugungi kunda viloyat iqtisodiyotida band


3-jadval

Qashqadaryo viloyati hududlari

iqtisodiyotini ixtisoslashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari


aholining atigi 7,9 foizi sanoatda bandligini hisobga olsak, mintaqada sanoatni rivojlantirishning keng imkoniyatlari mavjudligini ko‘ramiz. Ushbu muammoni hal qilishning maqbul yo‘llaridan biri qishloq joylarida yangi sanoat korxonalarini bunyod etish evaziga bandlikning asosiy salmog‘ini qishloq xo‘jaligidan sanoatga o‘tkazishdir.

Tahlillarining natijalaridan viloyatning istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tendensiyalarini belgilashda, ularni amalga oshirish mexanizmlarinii ishlab chiqishda foydalanildi (4-jadval). 4-jadval

Qashqadaryo viloyati ijtimoiy-iqtisodiy holatining

tahlili


Amalga oshirilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, viloyatning kuchli tomonlari va imkoniyatlari uning zaif tomonlari va xavflaridan ko‘ra ko‘proq bo‘lib, bu uning salohiyati yuqoriligini ko‘rsatadi. Vaziyatning bunday real tahlili viloyatning qaysi kuchli jihatlari va imkoniyatlari yordamida uning zaif tomonlarini bartaraf etib, tavakkalchiliklarni oldini olish yo‘llarini aniqlashga yordam beradi. Bu usulni qo‘llash yordamida tuzilgan strategiya viloyatning eng muhim xususiyatlarini qamrab olgan holda, haqqoniy holatni aks ettiradi.

Tadqiqotda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasining quyidagi asosiy yo‘nalishlari asoslab berilgan: mintaqa iqtisodiyoti tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ustuvor rivojlantirish; qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va qayta ishlashni kuchaytirish orqali sohani barqaror rivojlantirish; agrar, yonilg‘i-energetika, xizmat ko‘rsatish sohalarining eksport salohiyatini kengaytirish; investitsiya muhitini yaxshilash orqali xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kuchaytirish; mintaqada bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish va yuksaltirish; ijtimoiy sohalarni ustuvor rivojlantirish; aholini ish bilan bandligini ta’minlash.

Viloyatni rivojlantirish strategiyasida aholining oqilona va samarali bandligini ta’minlash asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanib, uni hal qilishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

- mahalliy xom ashyodan iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga qishloq tumanlarida ko‘p mehnat talab qiladigan yangi ish o‘rinlarini yaratish;

- xususiy mehnat faoliyati, kasanachilikni yo‘lga qo‘yish orqali mehnatning o‘zgaruvchan tartibini joriy etish;

- iqtisodiyot tarmoqlari uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni takomillashtirish.

Ijtimoiy infratuzilmaning asosiy ob’ektlarini asosan qishloq joylarda rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Birinchi o‘rinda tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish, nisbatan iqtisodiy qoloq tumanlarning rivojlanishini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash kerak[15].

3.2. Qashqadaryo iqtisodiy rayonini o‘qitish metodikasi.


Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa,

berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar.

I.A.Karimov.
Hozirgi kunda “Ta’lim tо‘g‘risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning oldiga qо‘yilgan ustivor vazifalar yosh avlodga chuqur bilim va tarbiya berish asosida barkamol insonlarni voyaga yetkazish hisoblanadi.

Ijtimoiy hayotda sodir bо‘layotgan yangilanishlar bevosita ta’lim tizimida ham о‘z ahamiyatini aks ettiradi. Ana shunday о‘zgarishlar о‘quvchilarga yangi bilim. kо‘nikma va malakalarni shakllantirish bilan cheklanib qolmasdan yoshlarning о‘ziga, о‘zgalarga jamiyatga, tabiatga nisbatan e’tiborli bо‘lishini taqozo qiladi. Shu о‘rinda maktabda о‘qituvchi asosiy mas’ul shaxs sifatida ta’lim tizimining ratsional yо‘llarini ishlab chiqadi, loyihalashtiradi. Ma’lumotlarni о‘quvchiga tez va aniq tushunarli tilda yetkazib beradi.

Geografiya dars mashg’ulotlarida interfaol usullardan foydalanish o’quv jarayonini samaradorligini oshirish bilan birgalikda o’quvchilar shaxsiyatini shakllantirishda ham muxim o’rin tutadi. Negaki, bu usullarni qo’llash o’quvchilarda geografiya bo’yicha muayyan bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantiribgina qolmay, ularning ma’naviy dunyosi qaror topishiga ham yordam beradi. Geografiya darslarida interfaol usullar asosida mashg’ulotlarni tashkil etish orqali o’quvchilarda ijodiy fikrlash rivojlanadi. Interfaol usulidagi

«Kichik guruxlarda ishlash»

mashqi o’quvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruxlarga ajratgan holda o’quv materialini o’rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan mashg’ulotlardagi ijodiy jarayon xisoblanadi. Ushbu mashq qo’llanganda ta’lim mashgulotlarida faol ishtirok etish, bir-biridan o’rganishga va turli nuqtai nazarlarini kadrlashga hamda kichik guruxlarda ishlash metodi qo’llanilganda o’qituvchining vaqtini tejash imkoniyatiga ega bo’ladi. Chunki, ushbu mashqda o’qituvchi bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilarni mavzuga jalb etadi va baholay oladi.

«Kichik guruxlarda ishlash»

mashqida quyidagi ketma-ketlikka amal qilinadi.

Ya’ni:

Mavzu yoritiladi; Kichik guruxlar shakllantiriladi; Ko’rsatma beriladi va yo’naltiriladi; Muhokama tahlil qilinadi; Baholanadi. Quyida interfaol usuldagi VIII-sinf “O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi” fanining “O’zbekiston sanoati” mavzusidan taxminiy namuna keltiramiz:

Mavzu:

Qashqadaryo iqtisodiy geografik rayoni. O’quvchilar sonida kelib chiqib, uchta kichik guruhga ajratiladi;

Ushbu usul birgalikdagi faoliyat bо‘lib, o’quvchilarni mavzu ustida fikrlash, о‘z g‘oyalarini shakllantirish va ularni hamkorlar yordamida muayyan shaklda ifodalashga yо‘naltiradi.


Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.

III.BOB. QASHQADARYO VILOYATIDA SANOAT RIVOJLANISHNING STRATEGIK YO‘NALISHLARI VA MAVZUNI O‘QITISH METODIKASI

bet4/8
Sana19.04.2017
Hajmi0.68 Mb.

III.BOB. QASHQADARYO VILOYATIDA SANOAT RIVOJLANISHNING STRATEGIK YO‘NALISHLARI VA MAVZUNI O‘QITISH METODIKASI.

Mintaqalar taraqqiyotini tahlil qilish va istiqbolini belgilash hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan an’anaviy yondashuvlardan farq qilishi kerak. Hozirgi vaqtgacha mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategiyalari, asosan, mahalliy resurslar va ularning salohiyati bilan samarali bog‘lanmagan hamda ulardagi nisbiy raqobatbardoshlik afzalliklari to‘liq hisobga olinmagan[17].


3.1. Respublika hududiy va tarmoq dasturlari doirasida viloyat sanoatini rivojlantirish.


Iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish bosqichining xususiyatlaridan biri – bu tashkiliy-xo‘jalik va boshqarish faoliyatini mintaqalashtirish hisoblanadi. Ushbu jarayonda ma’muriy-hududiy tizimlarning o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan nomarkazlashtirilgan boshqaruvni kuchaytirish masalalari yangicha tus olmoqda. Uning negizida mintaqada samarali va majmuali rivojlanishga erishish uchun xalq deputatlari mahalliy kengashlari va hokimiyatlar vazifalarini aniq chegaralash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘zini o‘zi moliyalash va boshqarishning iqtisodiy tamoyillariga tayanib xo‘jalik yuritishni mahalliy asosda tashkil etish, mintaqalarda faoliyat yurituvchi barcha sub’ektlarga iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini kuchaytirishga erishish lozim.

Tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan kelib chiqqan holda mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘rtasida keskin tafovutlarga yo‘l qo‘ymaslik, ular iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va tarkibiy qayta qurish muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Mintaqalarda takror ishlab chiqarish vazifalarini to‘liq amalga oshirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning zaruriy shartidir. Bu yerda birinchi o‘ringa turli mintaqalarni maqsadli majmuali rivojlantirish masalasi chiqadi. Mintaqalar yaxlitligi va yagonaligini ta’minlash uchun tabiiy resurslar salohiyatidan oqilona foydalanish, turli tarmoqlarning mutanosibligini ta’minlash, ichki va hududlararo ishlab chiqarish va texnologik aloqalarni barqarorlashtirish lozim. Majmuaviy rivojlanish tushunchasi mintaqadagi ishlab chiqarish kuchlarini barqaror, muvozanatli, mutanosib va mos ravishda rivojlantirishni nazarda tutadi.

Ko‘pincha majmuali rivojlantirish deganda mintaqada turli iqtisodiy tarmoqlarni mutanosib rivojlantirish e’tiborga olinadi. Biroq bu tushuncha nafaqat iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishni, balki iqtisodiy rivojlanish bilan bir vaqtda ijtimoiy infratuzilmani barpo etishni, demografik jarayonlarni tartibga solishni, ishchi kuchidan oqilona foydalanishni, ekologik muammolarning yechimini topish kabi masalalarni muvozanatli va mos ravishda olib borilishini nazarda tutadi. Mintaqani majmuali rivojlantirish – bu keng ma’noda ijtimoiy-iqtisodiy takror ishlab chiqarish jarayonlarini o‘zaro bog‘lashdir. Bunday yondashuv asosida har bir mintaqa uchun alohida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi zarur.

Strategiyaning mohiyati – mintaqalarni rivojlantirishning maqsadli va aniq muammolari tizimini aniqlash, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun bir-biriga o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish, turli korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat.

Mintaqani majmuali rivojlantirish strategiyasi asosida aholi turmush farovonligini oshirish hamda iqtisodiyotning raqobatbar-doshligini o‘stirish muammosi turadi. Bu vazifani mintaqa taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi omillar yordamida amalga oshirish mumkin:

– iqtisodiy omillar: iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi mintaqadagi mavjud tabiiy resurslarga, ishlab chiqarish infratuzilmasiga va iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishiga bog‘liqdir;



  • ekologik omillar: atrof muhitning holati, dastlab, resurslardan tabiatga zarar yetkazmay foydalanishga bog‘liqdir;

Eng asosiysi, istiqbolni belgilovchi ko‘rsatkichlarni amalga oshirishning real mexanizmi shakllantirilgan emas. Shuningdek, istiqbolni belgilashda mintaqaviy xo‘jalik yuritishni boshqarishning tashkiliy tarkibini takomillashtirish kabi muhim omil yetarlicha ko‘rib chiqilmaydi. Mintaqani tahlil qilish va rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni quyidagi taklif etilayotgan beshta bosqich orqali amalga oshirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz (rasm).

Mintaqani kompleks rivojlantirish strategiyasini ishlab

chiqish tartibi


Минтақанинг асосий муаммоларини аниқлаш



I босқич

Минтақанинг табиий-иқтисодий салоҳиятини баҳолаш

II босқич

Ривожлантириш мақсадлари ва истиқболли йўналишларни белгилаш



Мамлакатни ривожлантириш мақсадлари

III босқич



Туман ва шаҳарларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг истиқбол кўрсаткичларини аниқлаш

Корхоналар ривожланиш истиқбол кўрсаткич-ларини аниқлаш

аниқлаш


Мамлакат ва вилоят макроиқтисодий истиқбол кўрсаткичларини аниқлаш

IV

босқич



Истиқбол кўрсаткичларини амалга ошириш механизмларини ишлаб чиқиш

V босқич


Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiya-sini ishlab chiqishning zaruriyati, birinchidan, O‘zbekistonning mintaqaviy tizimida viloyatning umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan energetika va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi alohida ahamiyatidan va ikkinchidan, aholi turmush darajasini barqaror ko‘tarish, bandlik muammosini hal etishni o‘ta muhimligidan kelib chiqadi. Viloyat respublikaning yoqilg‘i mustaqilligini ta’minlovchi asosiy mintaqadir. Hozirda mamlakat nefti va tabiiy gazining 90 foizdan ortig‘i ushbu mintaqada ishlab chiqarilmoqda. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham viloyat respublikada ajralib turadi (2-jadval) [20].

Tahlillar ko‘rsatishicha, 2010 yilda viloyat sanoat mahsuloti (16,6%), investitsiyalar (17,5%), qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmi (8,5%) bo‘yicha mamlakatimizda yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Biroq, iste’mol tovarlari (3,2%) va xizmatlar sohasining (4,5%) ulushi nisbatan kamdir.

Iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish ko‘rsatkichi darajasining o‘sish sur’ati mintaqadagi mavjud salohiyat va talabga javob bermaydi. Tashqi savdo aylanmasining umumiy salmog‘i asosan importning kamayishi natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, eksportning ulushi nisbatan o‘sgan bo‘lsa-da, lekin bu sohada ham imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayapti[21]
2-jadval

Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi



Ko‘rsatkichlar



Viloyatning respublikadagi ulushi (%)



2010 yilda

2000 yilga nisbatan, (marta)



2000 yil



2010 yil



Yalpi ichki mahsulot (Yalpi hududiy mahsulot)

6,4

7,9

1,5

Sanoat mahsulotlari

8,3

16,6

1,9

Iste’mol tovarlari

5,5

3,2

2,2

Investitsiyalar

16,9

17,5

1,0

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari

7,2

8,5

1,4

Xizmatlar

4,2

4,5

2,6

Tashqi savdo aylanmasi

5,6

3,4

1,2

Eksport

3,6

17,6

5,1



Iqtisodiyot yo‘nalishlari



Hududlarning raqobat ustuvorligi hamda istiqboldagi ixtisoslashuvi



1.

To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish

Kasbi, Mirishkor, G‘uzor, Shahrisabz, Yakkabog‘ tumanlarida paxtani chuqur qayta ishlash asosida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish

2.

Qishloq xo‘jaligini mavjud suv va yer resurslaridan oqilona foydalangan holda rivojlantirish

Viloyatda paxta, g‘alla, meva-sabzavot, go‘sht, qorako‘l terilar tayyorlash imkoniyatining kengligi; Kitob,Shahrisabz, Yakkabog‘ tumanlarida meva-sabzavot omborxonalarini tashkil qilish

3.

Tog‘-kon sanoatini rivojlantirish

G‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on yo‘nalishidagi temir yo‘lning ishga tushishi Dehqonobod tumanidagi mavjud yirik qazilma boyliklardan foydalanish imkonini beradi

4.

Xizmat ko‘rsatish sohasini barqaror rivojlantirish

Aholi o‘sish sur’atlarining yuqoriligi viloyatda aloqa kommunikatsiyalari va maishiy xizmatga bo‘lgan ehtiyojning oshib borishiga olib keladi

5.

Mahalliy va xalqaro turizmni rivojlantirish

Qarshi shahri, Shahrisabz, Kitob, Koson, Qamashi tumanlari hududidagi tarixiy obidalar, madaniy yodgorliklar va ulardan foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi

6.

Madaniy xordiq chiqarish, dam olish va sog‘lomlashtirishni tashkil qilish

Viloyatning Kitob, Yakkabog‘, Shahrisabz, Dehqonobod, Muborak tumanlarida manzarali tabiat va shifobaxsh mineral suvlarning mavjudligi

7.

Tranzit salohiyatidan unumli foydalanish

Toshkent-Termiz transmilliy avtomagistralini viloyat hududidan o‘tishi shimoldan Qozog‘istonga, janubdan Turkmaniston orqali Eronga chiqish imkoniyatini yaratadi.

Kuchli tomonlar



Zaif tomonlar



-tabiiy va mineral xom ashyo resurslariga boyligi;

-yer, mehnat resurslari, iqtisodiy salohiyatning kattaligi;

-respublikada yoqilg‘i, paxta va g‘alla mahsulotlari ishlab chiqarishdagi muhim strategik o‘rni;

-viloyatning geografik qulay joylashganligi;

-tarixiy obidalar, ziyoratgohlar va shifobaxsh maskanlarning mavjudligi.


-ijtimoiy va bozor infratuzilmalari rivojlanishi darajasining pastligi;

- bank-moliya tizimining zaif rivojlanganligi;

-investitsiya muhitining yaxshi shakllanmaganligi;

-kichik biznes va tadbirkorlikni bir yoqlama rivojlanayotganligi.



Imkoniyatlar



Xavflar



-agroiqlim sharoitlarining qulayligi;

-viloyatning “Buyuk ipak yo‘li”da joylashganligi va transmilliy avtomagistralning viloyat hududidan o‘tganligi;

-eksport salohiyatining yuqoriligi;

-sanoatni rivojlantirish imkoniyatlarining mavjudligi;

-kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bazasining mavjudligi;


-

ob-havoning keskin o‘zgarib turishi, tabiiy ofatlar sodir bo‘lish xavfining mavjudligi;

-suv resurslarining cheklanganligi, mahalliy sug‘orish suv manbalarining yo‘qligi;

-aholi daromadlarining pastligi;

-ishsizlik darajasining yuqoriligi.


?


iii-trade-policies-and.html

iii-uchastie-v-shkolnih-.html

iii-une-ide-de-simplet--.html

iii-verhltnisder-sed.html

iii-vserossijskaya.html